So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

28 sen 09:20
Yangiliklar

Futbol

Bugun Toshkent derbisida “Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvi

Bugun oliy ligada 24-tur uchrashuvlari start oladi.

11 karra mamlakat chempioniga aylanib ulgurgan “Paxtakor” 24-turda oxirgi ikki mavsumda chempionlik uchun kurashda aynan jamoamizdan engilgan “Lokomotiv"ni qabul qiladi. Jamoalar uchrashuvga yo'qotishlarsiz etib kelishmoqda. Bu esa o'yinning yanada keskin o'tishini taminlashi, shubhasiz. “Loko” tarkibida “Paxtakor”ning ko'plab sobiq futbolchilari to'p tepayotganini barcha yaxshi biladi.

QARAMA-QARSHILIK

Jamoalar hozirgacha oliy ligada 23 bellashuvda maydonga tushishgan. Ularning 15tasida “Paxtakor” ustun kelgan. 3 bahs raqib yutug'i bilan tugagan bo'lsa, 5 bor durang natija kuzatilgan. “SHerlar” 54, “temiryo'lchilar” 20 bor to'p kiritishgan. O'z maydonimizdagi bellashuvlarda 8 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat qayd etilgan. Bu tarafdan yaqqol ustunlik "Paxtakor" tarafida.

O'YIN RASMIYLARI

Uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Birinchi davradagi bellashuvda ham aynan ushbu hakamlar ishlashgandi.

“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abdulhamid Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Jasur Muxtorov (Toshkent).

Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan).

O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

Asosiy jamoalar bahsi 28 sentyabr, chorshanba kuni 18:30da “Paxtakor” stadionida start oladi. CHiptalar stadion kassalarida 5 va 15 ming so'mdan sotilmoqda.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing