28 mar 09:08
Yangiliklar
Bugun Toshkentda yulduz grossmeysterlar ishtirokidagi superturnir start oladi
Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun 9 davlatdan 20 nafar kuchli shaxmatchilar ro'yxatga olingan. Turnirning o'zi 9 turdan iborat bo'ladi. Xalqaro musobaqaning umumiy sovrin jamg'armasi 70 000 AQSH dollarini tashkil qiladi.
SHaxmatchilar ikki guruhda bahs olib borishadi. Challengers guruhida hamyurtlarimizdan Ortiq Nig'matov, Abdumalik Abdusalimov, Saidakbar Saydaliev, Muhammadali Abdurahmonov va Humoyun Begmuratov bosh sovrin uchun dona surishadi. Ushbu guruhda armanistonlik xalqaro grossmeyster Gabriel Sargissyan (2628) birinchi raqam ostida tasniflangan.
Masters musobaqasida ancha jiddiy raqiblar jam bo'lgan: Aleksandr Grishuk (FIDE, 2731), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2714), SHahriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon, 2703), Jorden Van Forest (Niderlandiya, 2682), Rustam Qosimjonov (O'zbekiston, 2662), Parham Maqsudluu (Eron, 2660), Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2578), Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston, 2577), SHamsiddin Vohidov (O'zbekiston, 2514), Jahongir Vohidov (O'zbekiston, 2513).
Fikrlar