So’nggi yangiliklar

21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:54Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

10 mar 08:46
Yangiliklar

Futbol

Bugun "Turon" debyut qiladi, Qarshida "Nasaf" va "Paxtakor" to'qnashuvi, "Bunyodkor" stadionida "gazchilar" derbisi

Bugun O'zbekiston chempionatida 1-turning navbatdagi 3 ta o'yini bo'lib o'tadi.

TURON – QO'QON-1912
10 mart 2021 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 16:15 (Sport tv LIVE)
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Superliga debyutanti Yaypanning "Turon" klubi elitadagi dastlabki rasmiy uchrashuvni "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi. Tabiiyki bu jamoalar O'zbekiston chempionatida o'zaro o'yin o'tkazishmagan.

NASAF – PAXTAKOR
10 mart 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:30 (Sport tv LIVE)
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Husniddin SHodmonov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistent: Jahongir Saidov
VAR nazoratchi: Farhod Abdullaev
Operator: SHoxruz Xo'jaev
Komissar: Zohirjon Akramxonov

O'zbekiston Superligasida rasmiy tarzda VAR ishlatiladigan tarixiy birinchi o'yin.

Bu klublar hozirga qadar O'zbekiston chempionati doirasida 48 marta o'zaro to'qnash kelishgan. 28 marta "sherlar", 10 marta "ajdarlar" g'olib bo'lishgan. Qolgan 10ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. "Paxtakor" 74 bor raqib darvozasiga gol urgan, "Nasaf" hisobida esa 44ta gol mavjud.

O'tgan mavsum Qarshida o'tgan bahsda "Nasaf" bu raqibni 3:0 hisobida taslim qilgandi. Yaqinda Samarqandda o'tgan Superkubok uchun o'yinda esa "Paxtakor" g'olib bo'ldi - 1:0.


BUNYODKOR – MASH'AL
10 mart 2021 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:30 (Dunyo Bo'ylab tv LIVE)
Hakamlar: 
Rustam Lutfullin, Aleksandr Sidorov, Timur Galeev, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Ravil SHayaxmitov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

"Bunyodkor" va "Mashal" klublari O'zbekiston chempionatida bugunga qadar 22 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Natijalar "qaldirg'ochlar"ning kattagina ustunligini ko'rsatmoqda. 18ta bahsda Toshkent klubi 3 ochko sohibi bo'lgan. Ikkita uchrashuvda durang kuzatilgan va yana ikkita bahsda "Mashal" ushbu raqibni taslim qilgan. "Bunyodkor" o'zaro o'yinlarda 44ta gol urgan va 7ta gol o'tkazib yuborgan.

Toshkentdagi 11ta uchrashuvda "Mashal" faqat bir marta durang o'ynagan (2016 yil) va 10 bor mag'lub bo'lgan. Bu o'yinlarda Muborak klubi atigi 1 marta "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qilgan (2014 yil).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing