18 okt 14:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun uch nafar bokschimiz Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi
CHernogoriyaning Budva shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining uchinchi kuni uch nafar bokschimiz ringga chiqadi.
Kunduzgi dastur janglari Toshkent vaqti bilan soat 17:00da start oladi. Kechki dasturning boshlanishi esa soat 21:00 ga belgilangan. Hamyurtlarimizning ishtirokini Amirjon Suponov boshlab beradi. Uning raqibi meksikalik Gael Rivas bo'ladi. Ushbu jang taxminan soat 19:00 da boshlanadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-50 kg: Amirjon Suponov — Gael Rivas (Meksika) B ring, 19:00
-55 kg: Elyor Rustamov — Ruben Xucmann (Angliya) A ring, 22:45
-85 kg: Sardorbek Bahromxo'jaev — Adam Maadarani (Livan) B ring, 23:15




Havola :
Fikrlar