21 sen 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun "Uembli"dagi Britaniya derbisida IBF kamari sohibi malum bo'ladi + FOTO
Superog'ir vazn toifasi bokschilari Daniel Dyubua va Entoni Joshua o'zaro jang oldidan tarozidan o'tishdi.
Unga ko'ra Dyubua 112,8 kg, Joshua esa undan 1,5 kg og'irroq - 114,3 kg tosh bosdi.
Eslatib o'tamiz, London mezbonlik qiladigan mazkur jang bugun tunda (21 sentyabrdan 22 sentyabrga o'tar kechasi) soat 03:00dan so'ng boshlanadi. Jang "Uembli" stadionida salkam 100 000 tomoshabin ko'z o'ngida o'tkaziladi. G'olib Aleksandr Usik tomonidan vakant qoldirilgan IBF kamarini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : BoxingNews 24
Fikrlar