So’nggi yangiliklar

07:22Бугун Синдаров иштирокидаги Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026 старт олади 0 07:01Аллен vs Коста: Икки ўзгариш эвазига UFC Vegas 117 карди тасдиқланди 0 20:02Сергей Фомин Кутаисидаги юришини бошлади 0 19:41"Реал" футболчиларига ЕЧЛ 1/2 финали учун ваъда қилинган мукофот пуллари очиқланди 0 19:20Тошкент-2027 Жаҳон чемпионати тақвими эълон қилинди 0 18:52"Унда бу нарса йўқ". Масвидаль Чимаевнинг Хабиб ва Махачевдан фарқини тушунтирди 0 18:26Хамзат Чимаев фақат реваншдан кейингина вазнини кўтариши айтилди 0 18:05Пеп Гвардиола: "ВАРга ҳеч қачон ишонмаганман" 0 17:38Девин Хейни Ломаченконинг рингга қайтиши ҳақидаги миш-мишга муносабат билдирди 0 17:17Сехудо Чимаевнинг кейинги рақиби ким бўлиши кераклигини айтди 0 16:45World Boxing беларуслик боксчиларга қўйилган чекловларни бекор қилди, россияликлар эса... 0 16:16"Ман Сити" "Реал" қизиқаётган футболчи билан шартномани бир йилга узайтиришга яқин 0 15:41Камару Усман: "Чимаев ҳозир Анкалаев ёки Прохазкага қарши жанг қилиши керак эмас" 0 15:17Бокс бўйича Ўзбекистон U-17 терма жамоаси энг кўп финалчи билан финалга етиб келди 0 14:39Василий Ломаченко фаолиятини қайта тиклайди — The Ring 0

29 sen 09:35
Yangiliklar

Boshqalar, Futbol

Bugun Vetnamda O'zbekiston - Afg'oniston uchrashuvi bo'lib o'tadi

Vetnamning Da Nang shahrida sohil sport turlari bo'yicha Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

O'z tarixida beshinchi marotaba o'tkazilayotgan ushbu musobaqada plyaj, yani sohil futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi sohil futboli vakillarimiz “S” guruhi g'olibi sifatida chorak finalga yo'l olgandi.

Bugun terma jamoamiz chorak finalda Afg'oniston bilan munosabatiga oydinlik kiritib oladi. Afg'onistonlik sohil futbolchilar guruhning so'nggi o'yinida Xitoy terma jamoasidan ustun kelishdi va o'z kvartetlarida ikkinchi o'rinni band etishdi. 

Tarkibga etibor qaratadigan bo'lsak, futzalchilardan tashqari sobiq mashhur futbolchi, Tojievlar sulolasining to'ng'ich vakili Zayniddin Tojiev ham bor.

Eng katta kamchilik bu – so'nggi yillarda plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston chempionatining o'tkazilmayotganidir. Klublar bo'lmaganidan keyin chempionat qaerdan bo'lsin? Tabiiyki, futbolchilar ham yo'q. SHunday holatda Ahad Yusupov “boltadan sho'rva” tayyorlaganiga qoyil qolish kerak.

Osiyo o'yinlariga bir hafta qolganida yig'ilgan tarkib musobaqaga yo'l oldi. Hozircha, natija yomon emas. Yarim finalga chiqish uchun imkoniyatimiz yuqori. Bugun Afg'oniston terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda futbolchilarimizga omad tilab, ulardan g'alaba kutib qolamiz.     


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing