28 jan 13:42
Yangiliklar
SHaxmat
Bugun Veyk-an-Zeedagi superturnir o'z yakuniga etadi, Nodirbekda chempionlik uchun imkoniyat bor
Bugun Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Tata Steel Chess-2024" turnirida so'nggi tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham peshqadamlar safida bormoqda.
Bugun u so'nggi turda germaniyalik Aleksandr Donchenkoga qarshi oq donalarda o'ynaydi.
Abdusattorov 12 ta turdan so'ng 7,5 ochko jamg'argan.
Etiborlisi, so'nggi tur oldidan biryo'la 5 nafar shaxmatchida 7,5 ochko mavjud. Qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga hindistonlik Vidit birinchi o'rin, Nodirbek esa 4-o'rinni egallab turibdi.
So'nggi tur oldidan turnir jadvali va bugun o'tkaziladigan uchrashuvlar ro'yxati bilan tanishing:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar