25 may 14:01
Yangiliklar
Xokkey
Bugun xokkey bo'yicha jahon chempionatida finalchilar aniqlanadi
SHu kunlarda CHexiyaning Praga va Ostrava shaharlari xokkey bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun dunyo birinchiligida 1/2 final uchrashuvlari o'tkaziladi. Hal qiluvchi o'yinlarga Kanada, SHveycariya, CHexiya va SHveciya terma jamoalari etib keldi. G'oliblik uchun asosiy davogar hisoblanayotgan Kanada terma jamoasi 1/4 finalda Slovakiyani 6:3 hisobida taslim etdi. Bugun "chinorbarglilar" final chiptasi uchun SHveycariyaga qarshi muzga chiqishadi. Aynan Kanada amaldagi jahon chempioni bo'lib turibdi.
1/2 final juftliklari:
SHveciya — CHexiya;
Kanada — SHveycariya.
Ertaga jahon chempionatining final hamda 3-o'rin sohibini aniqlab beruvchi uchrashuvlari poytaxt Pragadagi 17 000 tomoshabinga mo'ljallangan "O2 Arena"da bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar