13 apr 16:56
Yangiliklar
Xokkey

Bugun xokkey bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida tarixiy debyut o'yinini o'tkazadi
Bugundan Armanistonning Erevan shahrida xokkey bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining IV divizion bellashuvlari start oladi.
Xabar berganimizdek, musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu milliy termamiz uchun JCHdagi debyut bo'ladi.
Latviyalik Normunds Seyeys boshchiligidagi xokkeychilarimiz bugun turnirning ilk qarama-qarshiligi doirasida Quvayt termasiga qarshi muzga chiqadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Bugungi kun tartibidan shuningdek, Indoneziya — Eron, Armaniston — Malayziya uchrashuvlari o'rin olgan. Quvaytga qarshi o'yinni mazkur havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
O'zbekiston terma jamoasining musobaqadagi taqvimi:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar