16 avg 15:53
Yangiliklar

Bugun yana "El Klasiko" ko'ramiz
Bir necha yillardan buyon azaliy raqib bo'lib kelgan "Real" hamda
"Barselona" Ispaniya Superkubogi javob bahsda o'zaro hisob-kitob qilib
olishadi.
Yakshanba kuni Kataloniyada bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda
Zinedin Zidan boshchiligidagi "Qirollik klubi" 3:1 hisobida zafar quchib
javob bahsi olidan imkoniyatini ancha yaxshilab olgan edi.
Toshkent
vaqti bilan soat 02:00da boshlanadigan bugungi uchrashuv oldingilaridan ham
shiddatli o'tishiga shubha yo'q. Sababi "Real" o'z muxlislari qarshisida
ustunlikni saqlab qolishga va kubokni qo'lga kiritishga urinadi.
"Barselona" esa raqibning etakchisi Ronalduning yo'qligidan foydalanib
qolishga harakat qiladi.
"Real Madrid" - "Barselona"
Ispaniya Superkubogi, javob o'yini.
16 avgust. Madrid. "Santyago Bernabeu" stadioni. 02:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam - Xose Mariya Sanches Martines (Mursiya).
Birinchi o'yin - 3:1
Fikrlar