02 okt 15:40
Yangiliklar
SHaxmat
Bugun yosh shaxmatchilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi
Bugun Hindistonning Mumbay shahrida shaxmat bo'yicha 14, 16 va 18 yoshgacha bo'lgan aql idrok sohiblari o'rtasida jahon chempionati start oldi.
13 oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada o'zbekistonlik yosh shaxmatchilar ham g'oliblik yo'lida dona surishadi. Besh yulduzli Renaissance Hotel and Convention Centre Mumbai mehmonxonasida o'tayotgan jahon chempionatida yurtimiz sharafini Muhiddin Madaminov va WFM Umida Omonova (ikkisi ham 14 yosh), Elbek Sulaymonov (16 yosh) hamda Xolida Namozova (18 yosh) himoya qiladi.
SHaxmatchilarimizning bugungi 1-turdagi raqiblari:
Muhiddin Madaminov - Pal Ayan (Hindiston)
Umida Omonova - Xadkonkar Tanvi Vasudev (Hindiston)
Elbek Sulaymonov - Raaxul (Hindiston)
Xolida Namozova - Katerina Nesterovich (Serbiya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar