21 iyu 10:01
Yangiliklar
Bugun yosh shaxmatchimiz Minsk turniridagi ishtirokini boshlaydi
Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini FIDE ustasi Ortiq Nig'matov himoya qiladi. Yosh shaxmatchimiz yaqinda poytaxtimizda o'tgan O'zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan “Toshkent-Open 2018” xalqaro turnirida kumush medalni qo'lga kiritgandi.
Minsk turniri shveycarcha tizimda o'tkazilib, 11 turdan iborat bo'ladi. G'olib shaxmatchi 2000 AQSH dollari va kubokni qo'lga kiritadi.Kuchli oltilikdan joy olgan shaxmatchilarga pul mukofoti tasis etilgan.
Xalqaro turnirda 7 davlatdan jami 96 nafar ishtirokchi dona suradi. Xalqaro grossmeysterlar - Anton Korobov (Ukraina, 2736), Dmitriy Andreykin (Rossiya, 2733), Sergey Jigalko (Belarus, 2724), Rauf Mamedov (Ozarbayjon, 2711) singari shaxmat yulduzlarining ishtirok etayotgani musobaqa nufuzidan darak berib turibdi.
Fikrlar