31 okt 10:20
Yangiliklar

Bugun yoshlarimiz Osiyo chempionati chiptasi uchun maydonga tushishadi
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi joylashgan “V” guruhi uchrashuvlariga Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilyapti. Bugun guruhning so'nggi 3-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Dastlabki turda mezbonlarni, keyin Gongkongni 3:0 hisobida mag'lub etgan Bahrom Norsafarov shogirdlari bugun Xitoy Taypeyi terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
Guruhning ikkinchi o'yinida Tojikiston va Gonkong terma jamoalari bahs yuritishadi. Ushbu kvartetda birinchi o'rinni egallagan terma jamoagina Osiyo chempionatining final bosqichiga yo'l oladi.
Malumot uchun, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 15-17 oktyabr kunlari Toshkentda o'tkazilgan 19 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi birinchi Markaziy Osiyo Futbol Associaciasi kubogida barcha raqib jamoalarni mag'lub etib, bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar