08 sen 12:53
Yangiliklar
Futbol

Bugundan O'zbekiston - Eron uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqadi
Xabaringiz bor, 11 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda Eron terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Mazkur o'yinga chiqarilgan chiptalar sotuvi 8 sentyabr (bugun) kuni boshlanadi. Bu haqda O'FA rasmiy sayti xabar berdi. Futbol muxlislari "Milliy" stadion kassalaridan chiptalarni xarid qilishlari mumkin. CHiptalar narxi 20 000, 25 000 va 50 000 (CIP) so'mni tashkil qiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar