So’nggi yangiliklar

16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0

12 okt 14:09
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Bunaqasi kamdan kam bo'ladi! Paraosiyo o'yinlari shohsupasida faqat O'zbekiston bayroqlari!

Xabaringiz bor, Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o'yinlari davom etmoqda.

Mazkur o'yinlarda o'zbekistonlik paralimpiyachilar muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Sportchilarimiz shu kunga kelib 60 dan ziyod medallarni qo'lga kiritib ulgurishgan.

Quvonarlisi, ushbu o'yinlar davomida vatandoshlarimiz uchun yoqimli bo'lgan holat kuzatildi. Kuzatilganida ham bir marotaba emas, to'rt marotaba bunday yoqimli manzaraning guvohi bo'ldik.

Suzish bahslari yakunlariga ko'ra, to'rt marotaba shohsupadan faqat O'ZBEK farzandlari o'rin olishdi.

Avvaliga 8 avgust kuni erkaklar o'rtasida 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida hamyurtlarimiz Islam Aslanov, Muzaffar Tursunxo'jaev va Dmitriy Xorlinlar shohsupaga ko'tarilishdi. Kecha esa Osiyo bunday manzaraga uch marotaba guvoh bo'ldi. Batterflyay usulida 100 metrga suzish bo'yicha erkaklar o'rtasida Islam Aslanov, Kirill Pankov va Dmitriy Xorlin, ayollar o'rtasida esa SHohsanamxon Toshpo'latova, Fotimaxon Amilova va Nigoraxon Mirzohidovalarga teng keladigan raqiblar topilmadi. So'ngra, 100 metrga ayollar o'rtasida chalqancha suzish bellashuvlarida ham uch nafar o'zbek qizi SHohsanamxon Toshpo'latova, Nigoraxon Mirzohidova va Fotimaxon Amilovalar marraga raqiblaridan tezroq etib kelishdi.

Avvalroq, Paraosiyo o'yinlarida medallar sifati bo'yicha ham, medallar jamg'arish bo'yicha ham rekord yangilanganligi haqida xabar bergandik. Takidlash lozimki, Jakartada O'zbekiston Paraosiyo o'yinlari tarixida o'zining eng yaxshi natijasini qayd etmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing