20 fev 10:03
Yangiliklar
Futbol

Bunday holat ECHL 1/8 finalida faqat ikki marta sodir bo'lgan
Xabaringiz bor, kecha Evropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida yana 2 ta uchrashuv bo'lib o'tdi.
“Liverpul” o'z uyida “Bavariya” bilan 0:0 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, “Barselona” safarda xuddi shu hisobni “Lion” bilan uchrashuvda qayd etdi. Bir o'yin kunida 2 ta nursiz durang qayd etilishi ECHL 1/8 finalida atigi 2 marta sodir bo'lgan.
Ilk bor shunday holat 2016 yilning 15 martida kuzatilgandi. O'shanda “Atletiko M” - “PSV Eyndxoven”, “Manchester Siti” - “Dinamo Kiev” bahslari ham 0:0 hisobi bilan yakunlangan edi.
Havola :
Fikrlar