13 may 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol
![](/upload/storage/38591_220.jpg)
“Bunyodkor” chempion-bokschilarni qutladi
“Bunyodkor” jamoasi "Oqtepa" sport klubi qoshida faoliyat yuritayotgan professional boks jamoasini ajoyib g'alaba bilan tabrikladi.
Bir piyoda choy ustida tashkil etilgan marosimda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" jamoasi murabbiylari va futbolchilari ishtirok etishdi. Ular keyingi boks kechalarida ham "Oqtepa" sport klubi charm qo'lqop ustalariga zafar yor bo'lishini tilashdi.
Eslatib o'tamiz, 5 may kuni poytaxtimizdagi "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tgan professional boks kechasida ushbu klub azolaridan Umid Rustamov va Olim Nazarov gruziyalik raqiblarini mag'lub etib, kamarlarini qo'lga kiritishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar