15 fev 16:14
Yangiliklar
Futbol

"Bunyodkor" Moldovaning amaldagi chempionini mag'lub etdi
"Bunyodkor"ning Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini davom etmoqda.
"Qaldirg'ochlar" yig'in doirasidan o'rin olgan navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Moldovaning amaldagi chempioni hisoblangan "Petrokub" bilan kechgan uchrashuvda Ilyos Zeytullaev shogirdlari 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindagi yagona golga jamoaning albaniyalik hujumchisi Luis Kachorri mualliflik qildi.
"Bunyodkor" - "Petrokub"
Gol: Luis Kachorri
Havola :
Fikrlar