05 jan 13:19
Yangiliklar
Futbol

“Bunyodkor” yana bir futbolchi bilan shartnoma imzolashga yaqin
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o'z tarkibiga yangi futbolchilarni qo'shib olishda davom etmoqda.
Jamoaning o'quv-yig'in mashg'ulotiga Dilshod Rahmatullaev kelib qo'shildi. O'tgan mavsum “Andijon” sharafini himoya qilgan tajribali futbolchi hozircha klub bilan shartnoma imzolagani yo'q. SHu bois markaziy yarim himoyachining “qaldirg'ochlar” safida qolishi hozircha aniq emas.
Malumot uchun, Rahmatullaev 2019 yilgi Superligada 21 ta o'yin (1656 daqiqa) o'tkazib, 3 ta golli pas oshirgan va 2 ta sariq kartochka ishlab olgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar