04 avg 18:14
Yangiliklar
Futbol

"Bunyodkor"ning 16 yoshli futbolchisi Superliga tarixiga kirdi
Superliganing 20-turida "Bunyodkor" klubi o'z uyida "Qo'qon-1912"ni qabul qildi.
Mazkur o'yinning ikkinchi bo'limida "qaldirg'ochlar" safida yosh yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov maydonga tushdi. 2002 yilning 15 fevralida tug'ilgan futbolchi Superliga tarixiga kirdi. U O'zbekiston Superligasida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi. "Qo'qon-1912" bilan o'yin bo'lgan kuni Jaloliddinov 16 yosh va 169 kunlik edi.
So'nggi bor "Bunyodkor" safida bundan 10 yil oldin, 2008 yilda 16 yoshli futbolchi maydonga tushgan. O'shanda Dmitriy Kuzin 16 yosh 239 kunlida "qaldirg'ochlar" asosiy tarkibida o'ynagan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar