09 may 08:15
Yangiliklar
Futbol
“Bunyodkor”ning imkoniyatni boy berishi o'zbek klublari uchun OCHLdagi 100-mag'lubiyat bo'ldi
Kecha “Bunyodkor” jamoasi OCHL guruh bosqichining so'nggi 6-turida BAAning “Al Ayn” klubiga mag'lub (0:3) bo'lgan edi.
Ushbu mag'lubiyat o'zbek klublarining Osiyo CHempionlar ligasidagi 100-mag'lubiyat sifatida qayd etildi. Bu haqida Alisher Nikimbaev xabar berdi.
Malumot uchun, jamoalarimiz qitaning eng nufuzli musobaqasida jami 241ta uchrashuv o'tkazgan. O'yinlarning 86tasida klublarimiz g'alaba nashidasini surishgan.
55 ta bahs durang natija bilan yakunlangan. To'plar nisbati - 295-331, raqiblar foydasiga.
Havola :
Fikrlar