21 iyu 13:43
Yangiliklar
Xokkey
"Burgut" xokkey klubi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga rasman munosabat bildirdi
Toshkentning "Burgut" professional xokkey jamoasi bayonot elon qildi.
Kecha jamoaning moliyaviy holati barqaror emasligi, ularning rasmiy ro'yxatdan o'tmagani va bu yil musobaqalarda ishtirok eta olmasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Klub ushbu vaziyatga quyidagicha munosabat bildirdi.
"Aziz do'stlar, klubimizga bo'lgan qiziqishingiz va havotiringizni tushunamiz. Rahbarlarimiz shiddat bilan ish olib boryapti va kelayotgan haftaning ikkinchi yarmida biz uzoq kutilgan yangiliklar bilan bo'lishamiz: klub qaysi ligada ishtirok etadi, qaerda o'ynashi haqida aytamiz va o'yin jersisini taqdim etamiz.
Rasmiy yangiliklarni kutib qoling, tez orada bundanda qiziqroq bo'ladi".
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar