So’nggi yangiliklar

19:02Конор Макгрегор Хабиб Нурмагомедовни танқид қилди 0 18:36Машрабжон Рўзибоевнинг кейинги рақиби UFC собиқ жангчиси бўлади 0 17:502029 йилги Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати Мексикада ўтиши мумкин — FMF 0 17:19Макгрегор Ислам Махачевни Хабиб Нурмагомедовдан юқори баҳолади 0 16:452030 йилги қишки Олимпия ўйинлари дастуридаги ўзгариш эълон қилинди 0 16:18Рамазон Темиров Эрцегга қарши жанг олдидан Таиланддаги йиғинни якунлади (ФОТО) 0 15:52Моуринью "Реал"га керак бўлмаган ярим ҳимоячини аниқлади 0 15:10"Анча ёпиқ тарзда ишладик". Макгрегор Холлоуэйга қарши жанг учун тайёргарлик ҳақида гапирди 0 14:28Анвар Анваров Финляндиядаги халқаро мусобақада зафар қучди 0 13:41"Ҳурматсизлик қилишни камайтир, омадсиз". Макгрегор Гэтжининг чақирувига жавоб берди 0 13:17Неймарга 10 кун вақт берилди 0 12:43Олимпиада чемпиони Данияр Елеусинов Астанада маст ҳолатда қўлга олинди 0 12:09"У менга нима таклиф бера олади?" Макгрегор — Шавкат Раҳмонов билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 11:00Россиянинг халқаро спортга қайтиши: Ўзбекистон учун бу нимани англатади? (мутолаа учун) 0 10:33Англия термасининг тўрт ўйинчиси Норвегия билан учрашув олдидан жамоавий машғулотни ўтказиб юборди 0

15 avg 18:10
Yangiliklar

Futbol

Burkino-Fasoga qarshi o'yin uchun futbolchilar ro'yxati elon qilindi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan 24 avgust kuni Burkina-Faso milliy terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yiniga chaqirilgan futbolchilar nomini elon qildi.

Eslatib o'tamiz, mazkur o'yin O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati 3-saralash bosqichi ilk turida Suriyaga qarshi o'yindan oldin o'tkazadigan so'nggi o'rtoqlik o'yini hisoblanadi. Aynan Burkina-Fasoga qarshi o'yindan so'ng milliy terma jamoa bosh murabbiyi Suriyaga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar nomini elon qiladi.

Takidlash lozim, O'zbekiston milliy terma jamoasi Burkina-Fasoga qarshi o'yin oldidan 20 avgust kuni Toshkentga yig'inga kirishadi va Babayan mazkur yig'inga jami 24 nafar futbolchini jalb etgan. Mazkur o'rtoqlik uchrashuvi uchun xorijda to'p surayotgan bir qator legioner futbolchilar ham chaqirilgan. Faqatgina, Odil Ahmedov (“Krasnodar”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Moskva), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar) hamda Sanjar Tursunov (“Um Salal”, Qatar) kabi futbolchilar mazkur yig'inda ishtirok eta olishmaydi.

Eslatib o'tamiz, Burkina-Fasoga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi 24 avgust kuni Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi o'yinga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:

Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)

Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”)

Eldorbek Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar:

Stanislav Andreev (“Paxtakor”)

Aleksandar Merzlyakov (“Buxoro”)

Anzur Ismoilov (“CHanchun Yatay”, Xitoy)

Ruslan Melziddinov (“Buxoro”)

Egor Krimec (“Beyjing Guoan”, Xitoy)

Azim Ahmedov (“Paxtakor”)

Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”)

Davron Hoshimov (“Paxtakor”)

Yarim himoyachilar:

Marat Bikmaev (“Lokomotiv”)

Jasur Hasanov (“Qizilqum”)

Aziz Haydarov (“Ash SHabob”, BAA)

Salamat Qutiboev (“Buxoro”)

Javohir Sohibov (“Paxtakor”)

Otabek SHukurov (“Bunyodkor”)

Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”)

Doston Hamdamov (“Bunyodkor”)

Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)

SHoxruz Norxonov (“Obod”)

Server Jeparov (“Lokomotiv”)

Hujumchilar:

Igor Sergeev (“Beyjing Guoan”, Xitoy)

Zohid Abdullaev (“Metallurg”).

Reyting:    

Fikrlar

   
18 avg 01:55:07
BUNYOD97
Menimcha asosiy tarkib emas bu Sinov maqsadida tanlangan futbolchilar faqat babayan nega xujum chizig'iga B. Vohobov ni chaqirmayapti hayronman
   
16 avg 14:24:09
Xayrullo M
Зохид абдуллаевга Худо куч берсин. Металлургдан хам чакирибти Бабаянга рахмат омад тилиман хаммасига...
   
15 avg 21:30:45
umatillayev
Shundo kayfiyatti rasvo qildi bu babayan. Andreyep, azim, davron,melziddinlaga q. bormi? Azim zashita, marat polzashita? Qanaqa taktika bu. E..Bilganini qil. Lekin oxiri bahayr bo'lsin.
   
15 avg 20:07:12
Fayozbek
Qani Asosiy uyinchilar?nima Suriyaga qarwi o'ynawmaydimi Qolgan ligonerlar.iltimos admin menga malumot berng wu haqda.??
   
15 avg 20:06:09
elshodbek
odam bo‘madig bo‘madig babayan. tarkibig ham o‘zinga o‘hshagan pachoq.
   
15 avg 20:02:24
Rescara
Бу тупойми нима бало азим ахмедов, андреев, лобанов, шукуровлар билан жч га чикмокчими. Э куй э нортой
   
15 avg 18:52:13
Feruz
Tfu sanday murabbiyga
   
15 avg 18:49:15
Feruz
Ex Babayan Babayan birinchi navbatda seni MTJ dan haydash kerak bölmasa Andreev Hoshimov Iskandarov Lobanovlar termadan ketmaydi. Bularni termaga tortmasligini yosh bola ham biladiku. Qani Sh.A'zamov Sh.Muhammadiyev A.Ibragimov T.Abdixoliqovlar????????????????
   
15 avg 18:17:53
Ajax Amsterdaam
Andreev balosidan qachon qutulamiz????
Xaqiqat bormi o'zi??
Shu isqirtning dastidan sevimli klubim Paxtakorning o'yinini xam ko'rgim kemay qoldi.
MTJ JCHga chiqishiga xam xech qanday umid yo'q.
Merzlyakov,Andreev,Lobanov,Hoshimov,Bikmaev,Shomurodovlar bilan Jaxon chempionatiga chiqishga xaqqimiz xam yo'q
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing