15 noy 12:30
Yangiliklar
Tennis

Busta Yakuniy turnirda Nadalning o'rniga qatnashishdan xursand
Ispaniyalik tennischi Pablo Karreno-Busta Londondagi turnirda Rafael Nadalning o'rniga o'ynaydi.
"Men uzoq vaqt Londonda bo'lib o'tadigan turnirda ishtirok etishni orzu qildim. Men uchun bu ajoyib imkoniyat. Albatta, g'alaba qozonish uchun harakat qilaman.
Odatda, zaxiradagi o'yinchilar faqat bitta o'yin o'tkazadilar. Oxirgisini. Lekin, bizni ikkita o'yin kutib turibdi. Agar men ikkita o'yinda g'alaba qozona olsam bu ajoyib bo'lardi. Men Top o'yinchilarga qarshi o'yin o'tkazishga tayyorman", - deydi Pablo Karreno-Busta.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar