So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

10 avg 21:47
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasi g'oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasi g'oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Yangi O'zbekiston shon-shuhratini butun dunyoga tarannum etish yo'lida o'zining yuksak intellektual salohiyati va professional mahoratini yaqqol namoyon etib, Hindistonning CHennay shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani va dunyo davlatlarining 188 ta jamoasi orasida g'oliblikni qo'lga kiritib, Olimpiada chempioni degan yuksak sharafga sazovor bo'lgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida milliy g'urur, mardlik va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

«O'zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o'g'li - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

Vaxidov Jahongir Tairovich - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

Voxidov SHamsiddin Pulat o'g'li - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

Sindarov Javohir Sanjarbekovich - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

Yakubboev Nodirbek Murodbek o'g'li - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

 

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

Egin Vladimir Nikolaevich - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Sokolov Ivan - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Bobomurodova Maftuna Panjievna - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

Malikova Marjona Abdimajid qizi - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

Omonova Umida SHuhrat qizi - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

Hamdamova Afruza Akbarovna - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

Yakubboeva Nilufar Murodbek qizi - SHaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti                             SH.Mirziyoev

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing