So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

07 sen 17:04
Yangiliklar

Boshqalar

Butunjahon ko'chmanchi xalqlar o'yinlarida yana beshta medal qo'lga kiritildi

Qirg'iziston Respublikasining CHo'lpon-Ota shahrida bo'lib o'tayotgan Butunjahon ko'chmanchi xalqlar o'yinlarining to'rtinchi kunida sportchilarimiz gyulesh (Azarbayjon kurashi), ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi) turlari bo'yicha bahslarga kirishgani va ko'pkarichilarimiz yarim finalga chiqishgani haqida xabar bergan edik.

Dunyoning 41 davlatidan 54 nafar sportchi ishtirok etgan ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi) bo'yicha o'tkazilgan bahslarda vakillarimiz Alisher Xudoyberdiev (-80 kg) oltin, Islom Nosirov mutlaq vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritdi. Gyulesh (Azarbayjon kurashi) bo'yicha o'tkazilgan o'yinlarda yurtdoshimiz SHerali SHodmonov (-80 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.

SHuningdek, kecha, 6 sentyabr kuni o'tkazilgan ko'pkari bo'yicha yarim final bahslarida O'zbekiston terma jamoasi Qozog'iston jamoasi ustidan 5:4 hisobida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Final bahslari bugun, Toshkent vaqti bilan 17:00da CHo'lpon-Ota shahridagi “Ippodrom” arenasida o'tkazilib, unda vakillarimiz mezbon Qirg'iziston jamoasi bilan bellashadilar.

Bugun, 7 sentyabr kuni sportchilarimiz kurash va sambo turlari bo'yicha ham bahslarga kirishishdi va dastlabki natijalar qayd etildi. Kurash bo'yicha jamoamiz azolari Muxriddin Tilovov (-66kg) va Temurxon To'raev (-81 kg) o'yinlarning oltin medalini qo'lga kiritishdi.

Eslatib o'tamiz, 2 sentyabrdan 8 sentyabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada dunyoning 66 davlatidan tashrif buyurgan sportchilar 50 ta sport turi bo'yicha 500 dan ortiq medallar jamlanmasi uchun bahs olib bormoqda. O'zbekiston delegaciyasi 13 ta sport turi bo'yicha 58 nafar sportchi bilan ilk bor rasman ishtirok etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing