So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

04 sen 17:08
Yangiliklar

Boshqalar

Butunjahon ko'chmanchi xalqlar o'yinlarining birinchi kunida 11 ta medal qo'lga kiritildi

Qirg'iziston Respublikasining CHolpon-Ata shahrida Butunjahon ko'chmanchi xalqlar o'yinlari boshlandi.

Unda ishtirok etayotgan sportchilarimiz alish kurashi (Qirg'iziston kurashi), armrestling sport turlari bo'yicha bahslarga kirishgani va armrestlingda 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishgandi.

O'yinlarning alish kurashi (Qirg'iziston kurashi) turi bo'yicha bahslarda 30 ta davlatidan tashrif buyurgan 140 nafar sportchi ishtirok etdi. Ushbu sport turi bo'yicha ham vakillarimiz salmoqli yutuqlarni qo'lga kiritishdi. Erkaklar o'rtasida Mardonbek Kimsanov (60 kg),  Xusniddin Ro'ziev (70 kg) oltin, Kamollidin Maxkamov (80 kg), Zaylobiddin Artikov (90 kg) va Obidali Mavlonov (100 kg) musobaqaning kumush medalini qo'lga kiritishgan bo'lsa, ayollar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda Maftuna Maxmudova (60 kg), Dilafruz Mamajonova (70 kg), Bekzoda Xudaberdieva (75 kg) bronza medalga sazovor bo'lishdi.

O'yinlarning birinchi kunida armrestling va alish kurashi (Qirg'iziston kurashi) bo'yicha bahslarda jami 18 nafar sportchimiz ishtirok etib, 11 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza) qo'lga kiritildi.

Bugun vakillarimiz qozoq kurashi, paxlavani (Eron kurashi), goresh (Turkmaniston kurashi), Lochin ovi va Tayganlar yugurishi turlari bo'yicha bahslarga kirishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing