So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

05 sen 16:32
Yangiliklar

Boshqalar

Butunjahon ko'chmanchi xalqlar o'yinlarining ikkinchi kunida 8 ta medal qo'lga kiritildi

Qirg'iziston Respublikasining CHolpon-Ata shahrida Butunjahon ko'chmanchi xalqlar o'yinlari davom etmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kunida sportchilarimiz qozoq kurashi, pahlavani (Eron kurashi), goresh (Turkmaniston kurashi) va lochin ovi va tayganlar yugurishi, mas-restling bo'yicha bahslarda ishtirok etishdi.

O'yinlarda qozoq kurashi bo'yicha 20 ta davlatdan 56 nafar sportchi ishtirok etib, murosasiz kechgan bahslarda yurtdoshlarimiz Sarvar Ikromov (-90 kg) kumush medalni qo'lga kiritdi. Goresh (Turkmaniston kurashi) bo'yicha bo'lgan bahslarda esa SHerzod Raximov mutlaq vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Foto: sputniknews-uz.com

Lochin ovi va tayganlar yugurishi bo'yicha bahslarda dunyoning 10 ta davlatidan 25 nafar sportchi ishtirok etib, lochinda ov yo'nalishida yurtdoshimiz Denis Coy bronza medalini qo'lga kiritdi.  

27 ta davlatdan 127 nafar nafar sportchi ishtirok etgan mas-restling bo'yicha bahslarda vakillarimiz salmoqli yutuqlarni qo'lga kiritishdi. Ayollar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda Regina Mulyasheva (-55 kg) kumush,  Madina Elieva (-125 kg) bronza medalini qo'lga kiritishgan bo'lsa, erkak sporchilarimiz Islom Abdumalikov (-60 kg),  Ilyos Kadirov (-90 kg),  Nasim Radjabov (-125 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

SHunday qilib, kecha, 4 sentyabr kuni o'tkazilgan bahslarda 20 nafar sportchimiz ishtirok etdi va  jami 8 ta medal (2 ta kumush, 6 ta bronza) qo'lga kiritildi.

Bugun, 5 sentyabr sanasida O'zbekiston vakillari mangol box (Mo'g'uliston kurashi) va qirg'iz kurashi turlari bo'yicha bahslarga kirishadi.

Eslatib o'tamiz, 2 sentyabrdan  8 sentyabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada dunyoning 66 davlatidan tashrif buyurgan 1556 nafar sportchi medallar uchun bahs olib bormoqda. O'zbekiston delegaciyasi 13 ta sport turi bo'yicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 

Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing