19 dek 07:58
Yangiliklar
Butunjahon Olimpiada. Nodirbek va Sitorada bronza+FOTO
Olimpiadada ishtirok etgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi so'nggi to'qqizinchi turda musobaqaning ettinchi tartib raqamli jamoasi hisoblangan hindistonlik shaxmatchilarga qarshi dona surdi. Beshinchi raqam ostida tasniflangan terma jamoamiz bahsni 2,5:1,5 hisobida o'z foydasiga hal qildi.
Terma jamoamiz 9ta uchrashuvdan beshtasida g'alaba qozondi.
Uch bor mag'lub bo'lib, yana bir bahsda durangga erishdi. SHaxmatchilarimiz yakunda
Turkiya terma jamoasi bilan 6-7 o'rinlarni bo'lishib olishdi.
SHaxsiy birinchilikda xalqaro master Nodirbek Yoqubboev hamda Sitora Saparova bronza medalini qo'lga kiritishdi. So'nggi turda mag'lub bo'lganiga qaramay, Rossiya terma jamoasi 8ta g'alaba bilan Olimpiada chempioni bo'ldi. Kuchli uchlikka Eron va Hindiston terma jamoalari yakun yasashdi.
So'nggi 9-tur:
O'zbekiston - Hindiston Blue 2½:1½
IM Yoqubboev Nodirbek 2448 – CM Kushagra, Mohan 2174 ½ - ½
Rahul, Srivatshav P 2331 – IM Vohidov SHamsiddin 2412 ½ - ½
Saydaliev Saidakbar 2362 – IM Rakesh, Kumar Jena 2394 1 - 0
CM Aronyak, Ghosh 2293 – Vohidov Daler 2250 ½ - ½
Fikrlar