18 dek 10:18
Yangiliklar
Butunjahon Olimpiada. SHaxmatchilarimizda yana mag'lubiyat
Olimpiadada ishtirok etayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sakkizinchi turda musobaqaning birinchi tartib raqamli jamoasi hisoblangan hindistonlik shaxmatchilarga qarshi dona surishdi. Tan olish kerak, raqib juda ham kuchli edi.
Birinchi taxtada xalqaro master Nodirbek Yoqubboev qora donalarda o'ynashiga qaramay, xalqaro grossmeyster Arian CHoprani mag'lubiyatga uchratdi. Lekin qolgan shaxmatchilarimiz o'zlaridan kuchli raqiblariga partiyani boy berishdi. O'zbekiston - Hindiston - 1:3.
Bugun hamyurtlarimiz so'nggi turda Hindistonning ikkinchi jamoasi hisoblangan India Blue shaxmatchilariga qarshi bahs olib borishadi. Bugungi tur oldidan terma jamoamiz to'qqizinchi, Hindiston terma jamoasi sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. Sakkizta uchrashuvning barchasida g'alaba qozongan Rossiya terma jamoasi yakka peshqadam bo'lib turibdi.
Fikrlar