25 avg 14:31
Yangiliklar
SHaxmat

Butunjahon o'smirlar Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan shaxmatchilarimiz munosib kutib olindi
Joriy yilning, 16–23 avgust kunlari Kolumbiyaning Barrankilya shahrida 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo'lib o'tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 40 mamlakatidan 340 nafar yosh shaxmatchidan iborat 85 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqada hamyurtlarimiz faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritishdi.
Tongda I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimiz Sport vaziri o'rinbosari SHaxrillo Maxmudov, O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisining o'rinbosari Komiljon Sindarov, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida kutib olindi.
Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar