14 iyu 10:12
Yangiliklar
Butunjahon o'yinlari: Darya Latisheva delegaciyamizga kumush medal keltirdi
Ushu bo'yicha terma jamoamiz azosi Darya Latisheva delegaciyamizga navbatdagi medalni taqdim qildi, deya xabar qildi MOQ matbuot xizmati.
Latisheva taulu yo'nalishida ajoyib chiqishi bilan muxlislar va hakamlar olqishiga sazovor bo'ldi. Uning dasturi yakunda kumush medalga loyiq ko'rildi.
SHu tariqa, “Bill battle coliseum” arenasi jamoamiz uchun yana omadli keldi. Endi 15 iyul kuni Bahromjon Masharipov (jiu-jicu) ushbu maydonda medallar uchun kurash olib boradi.
Bu bilan delegaciyamiz hisobidagi medallar soni yana bittaga ko'payib, 1 ta kumush (ushu) va 1 ta bronzani (karate) tashkil etmoqda.
Eslatib o'tamiz, musobaqada 110 ta mamlakat ishtirok etmoqda. Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi medallar jamg'arish reytingida 46-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar