02 avg 07:14
Yangiliklar
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi. Bugun 5-turda qaysi terma jamoalarga qarshi o'ynaymiz?
Musobaqada dunyoning 200 ga yaqin davlati qatorida O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari shaxmatchilari ham o'z mahoratlarini namoyish etishyapti. Yosh grossmeysterlardan iborat erkaklar terma jamoamiz 4 ta turda 3 g'alaba va 1 durang qayd etdi.
Kecha yoshlarimiz dunyoning birinchi raqamli terma jamoasi hisoblangan AQSH bilan 2:2 hisobida durang o'ynashdi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi esa Dominikan Respublikasi shaxmatchilaridan 3:1 hisobida ustun kelgandi.
Bugun Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 5-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Dunyo reytingida 14-o'rinni egallab turgan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi jahon tasnifida 34-raqam ostida tasniflangan Slovakiyaga qarshi bahs olib boradi. Terma jamoamiz qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9, Slovakiya esa 17-pog'onadan joy olgan.
Jahon reytingida 46-o'rinni band etgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi esa bugun 5-turda dunyoning 24-raqamli jamoasi Vetnamga qarshi dona suradi. Bugungi o'zaro uchrashuv oldidan hamyurtlarimiz musobaqa jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 33, Vetnam esa 38-o'rinni band etgan.
Fikrlar