So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

19 sen 12:39
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi. Kechagi g'alaba sabab ayollar o'rtasidagi bahslarda ko'tarildik + JADVAL

Xabaringiz bor, shu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi kecha 7-turda Greciyani 2,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Qizlarimiz 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 1-turida Gaitini 4:0, 2-turda Angolani 3:1, 3-turda Vengriyani 2,5:1,5, 4-turda Bolgariyani 2,5:1,5 hisobida engishdi. Beshinchi turda amaldagi Olimpiada vice-chempioni Gruziyaga 1,5:2,5 hisobida imkoniyat boy berildi. Qizlarimiz 6-turda Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang o'ynashdi. Kecha esa greciyalik shaxmatchilar taslim etildi. 

Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi 8-turda AQSH shaxmatchilariga qarshi dona suradi. Amerikaliklar safida o'zbekistonlik ayol grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova o'ynayapti. Lekin bugun O'zbekiston bilan bahsda u ishtirok etmaydi.

Amerikaliklar ham xuddi biz singari 5 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat bilan 11 ochkoga ega bo'lib turibdi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ragina AQSH turnir jadvalida 5, O'zbekiston esa 11-o'rinni band etgan. Jami 10 davlat terma jamoalari hisobida 11 ochkodan bor. Bu esa bahslarning murosasiz kechayotganidan darak.

Ayollar o'rtasidagi musobaqada ham xuddi erkaklarda bo'lgani singari bitta terma jamoa 100 foizlik natija qayd etib turibdi. Hindiston 7 ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozongan. Hindlar 7-turda Gruziyani 3:1 hisobida engishdi. Vengriya xuddi shu hisobda Avstriyadan ustun keldi. Ukraina - Polsha uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etildi. 

Qo'shni Qozog'iston shaxmatchilari ozarbayjonlik dugonalarini 3:1 hisobida mag'lub etib, 12 ochko bilan 3-o'rinni egallab turishibdi. Ikkinchi pog'onadagi Polsha hisobida ham 12 ochko bor. AQSH terma jamoasi 7-turda Armaniston bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. 

8-turning markaziy uchrashuvlari:

Polsha - Hindiston 

Vengriya - Ukraina 

Qozog'iston - Franciya

Gruziya - Bolgariya

O'ZBEKISTON - AQSH

Niderlandiya - Germaniya

Armaniston - Mo'g'uliston

Sloveniya - Xitoy

Ozarbayjon - Italiya

Ispaniya - Slovakiya

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing