So’nggi yangiliklar

19:56Сафонов, Батраков , Захарян, Головин, Миранчук... Россия терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйин учун қайдномасини маълум қилди 0 19:20Разамбек Жамалов тизза жароҳати сабаб Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади 0 18:36Формула-1. Андреа Кими Антонелли— АҚШ Гран-приси ғолиби! 0 18:13Ёпиқ иншоотлар ва жанг санъатлари Осиё ўйинлари бу йил ўтказилмайди 0 17:28Ислам Махачев Пратес–Моралес жанги ҳақида фикр билдирди 0 16:40Осиё Кубоги-2027: Ўзбекистон МТЖ ўйинлари вақти маълум 0 15:47UFC 333: Рамазон Темиров Абу-Дабидаги жанги орқали қанча гонорар ишлаб олди? 0 15:06Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 14:31Брэндон Ройвал Рамазон Темировнинг мағлубиятига кескин муносабат билдирди 0 12:53Моуриньо "Реал"га "Барселона"ни мағлуб этишга ёрдам берган энг муҳим қарорни маълум қилди 0 12:17U19 жаҳон чемпионатида олти нафар боксчимиз финалга чиқди 0 11:26Мария Тимофеева «Guangzhou Open»ни ғалаба билан бошлади 0 10:36Маҳмуд Мурадов ва Муроджон Аҳмадалиев Рамазон Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди 0 09:45Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" Ироқда, "Нефтчи" Фарғонада ўйнайди 0 08:37Алишер Ғаниев Жаҳон чемпионатида бронза медалига сазовор бўлди 0

15 sen 12:33
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi. Qizlarimiz 100 foiz g'alaba qayd etgan 7 davlat qatorida + FOTO

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi ketma-ket to'rtta turda g'alabaga erishdi. Qizlarimiz 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 1-turida Gaitini 4:0, 2-turda Angolani 3:1, 3-turda Vengriyani 2,5:1,5, kecha o'tkazilgan 4-turda esa Bolgariyani 2,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratib, 100 foizlik natija qayd etgan 7 davlat qatorida bo'lib turishibdi. To'rtinchi tur oldidan bunday jamoalar soni 16 ta edi.  

Terma jamoamizning asosiy raqibalari 4-turda oson g'alabalarga erishishdi. Xitoy terma jamoasi barcha uchrashuvlarida raqibalarini bir xil 4:0 hisobida engib, chempionlik uchun asosiy davogar ekanliklarini isbotlab kelishyapti. Kecha Angliya terma jamoasi xuddi shu hisobda taslim etildi.

Hindiston terma jamoasi 4-turda Franciyani 3,5:0,5, tarkibida Gulruhbegim Tohirjonova o'ynayotgan AQSH termasi Niderlandiyani 3,5:0,5, Armaniston Vetnamni 3:1, Qozog'iston Serbiyani 2,5:1,5, Mo'g'uliston Ispaniyani 2,5:1,5 hisobida taslim etdi. 

Bugun o'tkaziladigan 5-turda 3 ta juftlikda 100 foizlik natija qayd etgan terma jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi va tabiiyki faqat g'alaba qozongan davlatlar soni teng yarmiga kamayadi. 


5-turning markaziy uchrashuvlari:

Qozog'iston - Hindiston

Xitoy - Armaniston

Mo'g'uliston - AQSH

O'zbekiston - Gruziya

Reyting: +1   

Fikrlar

   
15 sen 13:12:07
.Sherzod.
Qizlarimizda Yakubboyevani tushirmasa yana yutadi Yakubbayeva yaxshi xolatda emas uni asosiyda qo‘ymaslik kerak
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing