So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0

20 sen 14:03
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi. Qizlarimiz bugun Serbiyaga qarshi dona surishadi

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida bugun 9-tur bahslari o'tkaziladi.

Xabar berganimizdek, bugun yigitlarimiz peshqadam Hindistonga qarshi muhim uchrashuvni o'tkazishadi. Qizlarimiz esa 9-turda Serbiya terma jamoasi bilan hisob-kitob qilishadi. Bugungi uchrashuvlar ham soat 18:15 da boshlanadi.

Yakuniy juftliklar birozdan so'ng aniq bo'ladi. Hozircha terma jamoalarning 5 nafardan azosi taqdim etilgan. Katta ehtimol bilan amaldagi Olimpiada chempioni bo'lib turgan O'zbekiston terma jamoasining hindistonlik grossmeysterlarga qarshi uchrashuvida dastlabki to'rtlik harakat qiladi. 

Ayollar o'rtasidagi musobaqada ham Hindiston terma jamoasi peshqadamlik qilyapti. Ular 7 g'alaba va 1 mag'lubiyat qay etishgan. Olti g'alaba va ikki durangga ega Polsha terma jamoasi ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka 7 g'alaba va 1 mag'lubiyatga ega Qozog'iston yakun yasagan. Bu uch terma jamoa 14 ochkodan jamg'argan. 

O'zbekiston ayollar terma jamoasi esa kechagi mag'lubiyatdan keyin 25-o'ringa tushib ketdi. Qizlarimiz 5 g'alaba, 1 durang, 2 mag'lubiyat evaziga 11 ochko to'plashgan. Bugungi raqibalarimiz hisobida ham 11 ochko bor. Serbiya biz singari 5 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat bilan 22-pog'onadan joy olgan.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing