So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

19 sen 10:54
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi. Sakkizinchi turdagi raqiblarimiz malum!

SHu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahri 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.

Dunyoning ikki yuzga yaqin davlati terma jamoalari qatnashayotgan nufuzli musobaqada 7-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bu turda tajribali grossmeyster va jahon chempionlarini o'zida jamlagan Ukrainani 3:1 hisobida taslim etdi. 

Bugun esa yosh shaxmatchilarimiz 8-turda Serbiya terma jamoasiga qarshi dona surishadi. Serbiyaliklar kecha 7-turda Niderlandiyadan xuddi biz kabi 3:1 hisobida ustun kelishdi. Ular ham biz kabi 6 g'alaba va 1 mag'lubiyatga ega bo'lib turishibdi. Serbiya 1-turda Gvatemala terma jamoasini 4:0, 2-turda Estoniyani 2,5:1,5, 3-turda SHveycariyani 2,5:1,5 hisobida engishdi. To'rtinchi turda Hindistonga 0,5:3,5 hisobida yutqazishdi. Beshinchi turda Braziliyadan 2,5:1,5, 6-turda CHilidan 4:0, kecha o'tkazilgan 7-turda esa aytib o'tganimizdek, Niderlandiyadan 3:1 hisobida ustun kelishdi. Tarkibida Aleksandr Predke, Aleksey Sarana, Aleksandar Indjich singari taniqli grossmeysterlar bor. 

Jami 184 ta terma jamoa qatnashayotgan ayollar o'rtasidagi musobaqada Aleksey Dreev murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Qizlarimiz ilk turda Gaiti davlati shaxmatchilarini 4:0, 2-turda Angolani 3:1, 3-turda esa ancha kuchli hisoblangan mezbon Vengriya terma jamoasini 2,5:1,5, 4-turda tarkibida jahon chempioni bo'lgan Bolgariyani 2,5:1,5 hisobida engishdi. Beshinchi turda tarkibida uch nafar grossmeysteri bor, Butunjahon shaxmat Olimpiadasining amaldagi vice-chempionlari Gruziyaga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Niderlandiya bilan 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi. Greciyadan 2,5:1,5 hisobida ustun kelishdi. 

Bugun esa qizlarimiz 8-turda AQSH terma jamoasiga qarshi dona surishadi. Amerikaliklar ham biz singari 5 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyatga ega bo'lib turishibdi. Gulruhbegim Tohirjonova o'ynayotgan AQSH terma jamoasi 1-turda Iordaniyani 4:0, 2-turda Filipinni 3,5:0,5, 3-turda yon qo'shnilari Kanadani 3,5:0,5, 4-turda Niderlandiyani 3,5:0,5 hisobida mag'lub etishdi. Beshinchi turda kutilmaganda Mo'g'ulistonga 1,5:2,5 hisobi bilan yutqazib qo'yishdi. Oltinchi turda SHveycariyani 2,5:1,5 hisobida engishdi. Kecha 7-turda Armaniston bilan durang o'ynashdi - 2:2. Tohirjonova kecha 1-doskada Lilit Mkrtchyanga imkoniyatni boy berdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing