So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

21 sen 11:33
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi. Terma jamoalarimiz 9-turdan so'ng nechanchi o'rinda? (+ JADVAL)

SHu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari kecha o'tkazilgan 9-turda kuchli raqiblari bilan bir xilda - 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi. Grossmeyster yigitlarimiz peshqadam Hindiston bilan murosaga kelishdi. Hisob 1,5:1,5 bo'lib turgan bir paytda SHamsiddin Vohidov dunyoning to'rtinchi raqamli shaxmatchisi Arjun Ergaisini mag'lub etish uchun astoydil harakat qildi. Ammo yakunda tomonlar murosaga kelishdi. Hindiston ilk marotaba ochko yo'qotdi va ayni paytda turnir jadvalida 17 ochko bilan yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. 

AQSH terma jamoasi 9-turda Vengriyani 2,5:1,5 hisobida engib, 15 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Kuchli uchlikni yakunlab turgan O'zbekiston terma jamoasi hisobida ham 15 ochko bor. To'rtinchi pog'onadagi Xitoy ham 15 ochko jamg'argan. CHin yurti vakillari kecha 9-turda Erondan 2,5:1,5 hisobida ustun kelishdi. 

Qizlarimiz esa 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 9-turidag so'ng 5 g'alaba, 2 durang, 2 mag'lubiyat bilan 12 ochko jamg'argan holda qo'shimcha koeficentlarga ko'ra turnir jadvalining 27-pog'onasini band etishgan. O'n oltinchi o'rinni egallab turgan Angliya terma jamoasi hisobida ham xuddi biz kabi 12 ochko bor. To'qqizinchi turdan so'ng Qozog'iston terma jamoasi 16 ochko bilan karvonboshiga aylanib oldi. Ular kecha Polshadan 2,5:1,5 hisobida ustun kelishdi. Hindiston esa AQSH bilan bahsda ochko yo'qotdi - 2:2.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing