14 sen 15:09
Yangiliklar
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi. Vetnam va Bolgariyaga qarshi "jang" uchun juftliklar malum
Dunyoning ikki yuzga yaqin davlati terma jamoalari qatnashayotgan nufuzli musobaqada bugun 4-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun ancha jiddiy raqib - vetnamlik shaxmatchilarga qarshi bahs olib boradi. Bugungi raqiblarimiz ham biz singari dastlabki uchta turda g'alaba nashidasini surgan. Vetnam 1-turda Lixtenshteyn terma jamoasini 4:0, 2-turda Bangladeshni 3,5:0,5, 3-turda esa Qozog'istonni 3:1 hisobida mag'lub etgan.
Jami 184 ta terma jamoa qatnashayotgan ayollar o'rtasidagi musobaqada Aleksey Dreev murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Qizlarimiz ilk turda Gaiti davlati shaxmatchilarini 4:0, 2-turda Angolani 3:1, 3-turda esa ancha kuchli hisoblangan mezbon Vengriya terma jamoasini 2,5:1,5 hisoida engishdi. Bugun 4-turdagi raqib - Bolgariya! Bolgariyaliklar 1-turda Zimbabveni 4:0, 2-turda Misrni 3,5:0,5, 3-turda esa Slovakiya terma jamoasini 3:1 hisobida engishdi.
Fikrlar