So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

23 sen 08:35
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi yakunlandi, medallar o'z egalariga topshirildi + FOTO

Deyarli ikki hafta davomida Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'z yakuniga etdi.

Dunyoning 189 davlati qatnashgan musobaqada 11 uchrashuvdan 10 g'alaba va 1 ta durang qayd etgan Hindiston terma jamoasi SHaxmat Olimpiadasi chempionligini qo'lga kiritdi. Hindistonlik grossmeysterlarni faqatgina bundan avvalgi Olimpiada chempioni bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi to'xtatib qoldi. Bu ikki terma jamoa o'rtasidagi bahsda 2:2 hisobidagi jangovar durang natija qayd etilgandi. 

Olimpiadaning kumush medallari AQSH, bronza medallari esa O'zbekiston terma jamoasiga nasib etdi. Individual yo'nalishlarda SHamsiddin Vohidov o'z taxtasida oltin medalga ega chiqdi. Nodirbek Abdusattorov va Nodira Nodirjonova esa kumush medal qo'lga kiritdi. 

Ayollar o'rtasidagi musobaqada ham Hindiston terma jamoasi chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Hindlar Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oltin dubl qayd etishdi. Qozog'iston terma jamoasi kumush, tarkibida Gulruhbegim Tohirjonova bo'lgan AQSH shaxmatchi qizlari bronza medali bilan taqdirlanishdi. Musobaqaning tantanali yopilish marosimida medal hamda kuboklar o'z egalariga topshirildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing