06 noy 11:14
Yangiliklar
SHaxmat

Butunjahon SHaxmat olimpiadasida 2-o'rinni egalladik
28 oktyabr - 6 noyabr kunlari Turkiyaning CHorum shahrida 16 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida Butunjahon SHaxmat Olimpiadasi bo'lib o'tdi.
Yurtimiz sharafini Xalqaro toifadagi grossmeysterlar Abdusattorov Nodirbek, Javohir Sindarov, FIDE sport ustasi Ali Qosimov, Muhiddin Madaminov, xalqaro toifadagi sport ustasi Umida Omonova himoya qilishdi. Hamyurtlarimiz turnirda qatnashgan 250 dan ortiq ishtirokchi orasida jamoaviy hisobda faxrli 2-o'rinni egallashdi.
16 yoshgacha bo'lganlar orasida Butunjahon SHaxmat olimpiadasi 9 turdan iborat bo'lib, shveycarcha tizimda bo'lib o'tadi. 9 tur natijasiga ko'ra, hamyurtlarimiz 15 ochko jamg'arishdi. Birinchi o'rinni Ozarbayjon terma jamoasi 16 ochko bilan band etdi. 14 ochko jamg'argan belaruslik shaxmatchilar uchinchi o'rinni egallashdi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar