07 noy 10:16
Yangiliklar
SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 2-o'rinni egallagan yoshlarimiz tantanali kutib olindi FOTOREPORTAJ
Kecha tun yarmidan oqqanda Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida Butunjahon olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan shaxmatchilar tantanali kutib olindi.
Turkiyaning CHorum shahrida 16 yoshgacha bo'lgan o'g'il va qiz bolalar o'rtasida bo'lib o'tgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida hamyurtlarimiz 2-o'rinni egallashgandi.
Kutib olish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, shaxmat federaciyasi mutasaaddilari, sportchilarning yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari hozir bo'lishdi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar