17 fev 17:52
Yangiliklar
Futbol

“Buxoro” Serbiya terma jamoasi azosi bilan shartnoma imzoladi
Xabaringiz bor, serbiyalik legioner Marko Klisura “Buxoro” ko'rigida bo'lib turgandi.
Bugun ushbu futbolchi "Buxoro" bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Klisura yangi mavsumdagi faoliyatini “Buxoro” safida davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda "Buxoro" matbuot xizmati xabar berdi.
Malumot uchun, himoyachi 2017 yilning 29 yanvar kuni AQSHga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida Serbiya terma jamoasi safida maydonga tushgan edi.
Marko Klisura
Tug'ilgan sanasi: 1992 yil 15 oktyabr
Tug'ilgan joyi: Sremska Mitrovica, Yugoslaviya
Bo'yi: 195 sm
Ampluasi: Himoyachi
O'ynagan klublari: "Sloga Temerin", "Palich", "Mladenovac", "Cement Beochin", "CSK CHelarevo", "Novi Pazar", "Spartak Subotica", "Bachka Bachka Palanka".
Serbiya terma jamoasida 1ta o'yin o'tkazgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar