26 dek 08:51
Yangiliklar
O'q otish
Buxoro yig'ini mohir merganlarni saralab berdi
10-24 dekabr kunlari O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasining Buxoro viloyatidagi bo'limida selekcion o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tdi.
Yoshlar uchun tashkil qilingan mazkur yig'inda terma jamoa uchun nomzod iqtidorli merganlar saralab olindi.
Takidlash joiz, mashg'ulotlarda Sirdaryo, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar ham o'z mahoratlarini namoyish qilishdi.
Unda yaxshi natija qayd etgan merganlar murabbiylar shtabining etiboriga tushishdi va terma jamoa uchun nomzod sportchilar ro'yxatidan joy olishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar