So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

05 iyu 12:49
Yangiliklar

SHaxmat

Buxoroda imkoniyati cheklanganlar o'rtasida shaxmat bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi

Yurtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslarga sport bilan shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni ijrosini taminlash hamda jismoniy imkoniyati cheklanganlar va nogironligi bo'lgan shaxslarga sport bilan shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Buxoro shahrida shaxmat bo'yicha O'zbekiston chempionati tashkil etildi.

Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston ko'zi ojizlar sport federaciyasining taqvim rejasidan o'rin olgan mazkur musobaqa 2002, 2006-2007, 2010-2011 hamda undan kichik yoshdagi ko'rish imkoniyati cheklangan o'g'il-qizlar o'rtasida o'tkazildi.

Mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Farg'ona, Namangan, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan jami 54 nafar sportchi g'oliblik uchun dona surishdi. Har bir jamoa tarkibiga 6 nafar ishtirokchi, yani uch nafar o'g'il bola va xuddi shuncha qizlar kiritilgan edi.

Olti kun davom etgan chempionat qizg'in bahslarga boy kechdi va yuqori saviyada o'tdi.

Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida faxrli 1-o'rin Samarqand viloyati jamoasiga nasib etdi. 2-o'rinni mezbonlar – Buxoro viloyati jamoasi egallagan bo'lsa, 3-o'rin Farg'ona viloyati sportchilariga nasib etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing