18 apr 07:50
Yangiliklar

Buxorodagi turnirning asosiy to'rida 12 tennischimiz o'ynaydi
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning so'nggi saralash bahslari o'tkazilib, asosiy to'rga yo'llanma olgan barcha tennischilar nomi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, 12 nafar tennischimiz ana shu yo'llanmani qo'lga kiritdi. Hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov, Sergey Fomin, Azizbek Luqmonov, Pavel Coy va Saidalo Saidkarimov to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rda qatnashish huquqini qo'lga kiritishgandi.
Ular safiga SHoxrux Abdumalikov, Abror Isoqov, Grigoriy Reytman, Olimjon Nabiev, SHonig'matjon SHofayziev, Azamat Luqmonovlar qo'shilishdi.
Qura natijasiga ko'ra, Fomin birinchi davrada turnirning birinchi raketkasi, qozog'istonlik Dmitriy Popkoga qarshi kortga chiqadi. Musobaqada 8-raqam ostida tasniflangan Ismoilov rossiyalik Evgeniy Tyurnev bilan hisob-kitob qiladi.
Pavel Coy ukrainalik Vadim Ursu bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Fikrlar