28 apr 12:29
Yangiliklar
Formula-1
Buyuk Britaniya Gran-prisi muxlislarsiz o'tkaziladi
Buyuk Britaniya Gran-prisi o'tkaziluvchi Silverstoun trassasiga muxlislar kiritilmaydi.
Gran-pri tashkilotchilari mamlakatda koronavirus pandemiyasi xavfi saqlanib qolayotgani sababli shunday qarorga kelishgan. Formula-1 rasmiy saytida bu xabar chop etilgan.
"Bu qarorga kelish biz uchun oson bo'lmadi. Biz uchun muxlislarning xavfsizligi muhim. Mamlakat rahbariyati ham tavakkal qilmaslikni lozim topgan", - dedi Silverstoun trassasi direktori Styuard Pringl.
Malumot uchun, Buyuk Britaniya Gran-prisi 17-19 iyul kunlari o'tkazilishi kerak.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar