09 mar 10:41
Yangiliklar
Cadet European Cup 2026 turnirini 12 ta medal bilan yakunladik + FOTO
Musobaqada to'liq tarkibda ishtirok etgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi yakunda 3 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza, jami 12 ta medal qo'lga kiritdi. Bu bilan kadetlarimiz medallar jamg'arish reytingida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni band etishdi.
Qozog'iston terma jamoasi 6 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan 21 davlat orasida birinchi o'rinni egalladi. Gruziya, Turkiya, Braziliya singari mamlakatlar keyingi pog'onalarga joylashishdi.
Barcha g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-48 kg: CHaros Hikmatova
-55 kg: Bobur Yusupov
Kumush medallar
-55 kg: SHohjahon Usmonov
-66 kg: Akromjon Karimov
-81 kg: Mirzohid Xudoyqulov
+90 kg: Alibek Durdiev
Bronza medallar
-44 kg: Alina Kolyucheva
-50 kg: Mamurjon Abduvahobov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
-81 kg: Samandar Sunnatov
-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov







Fikrlar