08 mar 14:15
Yangiliklar
Dzyudo
Cadet European Cup 2026 turnirining ilk kuni 8 ta medal qo'lga kiritdik + FOTO
Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan kadetlar o'rtasidagi Millennium Team Cadet European Cup 2026 turnirining birinchi kuni o'smirlarimiz uchun omadli keldi.
Terma jamoamiz murosasiz kechgan bellashuvlarda 3 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi. Iroda Sirojiddinova, CHaros Hikmatova va Bobur Yusupov sharafiga Turkiya zaminida O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Birinchi kungi g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-48 kg: CHaros Hikmatova
-55 kg: Bobur Yusupov
Kumush medallar
-55 kg: SHohjahon Usmonov
-66 kg: Akromjon Karimov
Bronza medallar
-44 kg: Alina Kolyucheva
-50 kg: Mamurjon Abduvahobov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov










Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar