25 iyu 07:51
Yangiliklar
“CAFA U-15 championship”. O'zbekiston ikkinchi o'yinda ham yirik g'alabaga erishdi
Birinchi turda turkmanistonlik tengqurlarini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan O'zbekiston U-15 terma jamoasi ikkinchi turda Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda to'liq ustunlikka ega bo'lgan Azamat Abduraimov shogirdlari yakunda yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Terma jamoamiz tarkibida gollarga SHahzod Akramov (2ta) va Murodbek Xo'jamberdiev mualliflik qilishdi. Ikkinchi uchrashuvda Eron U-15 terma jamoasi Turkmanistonni 5:0 hisobida taslim etdi.
“CAFA U-15 championship”.
O'zbekiston U-15 – Tojikiston U-15 3:0
Gollar: SHahzod Akramov (16,26), Murodbek Xo'jamberdiev (61)
O'zbekiston U-15: Vazgen Pogosyan, Azizjon Toshkenboev, Tohir To'xtasinov, Kiril Todorov, Murodbek Xo'jamberdiev, Oblayorbek Rahmatov, SHahzod Akramov, Samandar Jo'rabekov, Abduqodir Husanov, Asadbek Qahhorjonov, Nodirbek Abdurazzoqov.
Tojikiston U-15: A.Sodatsairov, F.Olimzoda, S.Safarov, D.Akramov, A. Xaitov, S.Irgashev, P.Xurshedzoda, M.Asoev, M.Saidov, H.Hakimjoniy, A.Mehruboniy
Fikrlar